00:06 / 29.06.2015
2748

El Mundo Deportivo: “PSJ” Neymar uchun 190 mln yevro to‘lashga tayyor

Parijning “PSJ” futbol jamoasi rahbariyati “Barselona” hujumchisi Neymarga 190 mln yevro to‘lashga tayyor, deb xabar bermoqda El Mundo Deportivo portali. Portalning ma'lumotlariga ko‘ra, fransuz klubi 23 yoshli braziliyalik futbolchini keyingi yozda sotib olishga harakat qilib ko‘radi. Shu tariqa “PSJ” Zlatan Ibrohimovichning o‘rnini bosuvchi o‘yinchini topishga harakat qilmoqda.
Ushbu mavsumda Neymar “Barsa” tarkibida barcha musobaqalarda 51 ta o‘yinda 39 ta to‘p urishga va 8 ta golli uzatma amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi. Agar bu tranfser amalga oshsa, u futbol tarixidagi eng qimmatbaho transfer bo‘lishi mumkin. Hozircha bu borada rekord “Real”ga tegishli bo‘lib, klub 2013 yilda “Tottenxem”ning sobiq futbolchisi Garet Beylni 100 million yevroga sotib olgan.

Top