12:42 / 29.06.2015
2034

Londonda "Uimbldon" turniri boshlanmoqda

Bugun, 29 iyun kuni London shahrida "Katta Dubulg‘a" turkumiga kiruvchi "Uimbldon" turniri boshlanadi. Musobaqalar 12 iyul kunigacha davom etadi.

Bu turnirda David Ferrer jarohat tufayli ishtirok eta olmasligi ma'lum bo‘lgan. Rossiyalik tennischi Mixail Yujniy jarohati to‘liq tuzalmaganiga qaramasdan musobaqaga kelishga qaror qilgan.

Ayollar o‘rtasidagi bahslarda har safargidek Serena Uilyams, Mariya Sharapova, Ana Ivanovich va Viktoriya Azarenko kabi tennischilar favorit sifatida qaralmoqda.

Qayd etish joizki, Nottingemdagi turnirni yutish orqali ATR tasnifidagi ilk titulini qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik tennischi Denis Istomin ham bu turnirda qatnashadi va birinchi uchrashuvini ispaniyalik Albert Ramos-Vinolasga qarshi o‘tkazadi.

Ma'lumot uchun Uimbldon turniri ilk marta 1877 yilda o‘tkazilgan bo‘lib, unda britaniyalik Spenser Gor.S g‘alaba qozongan.

Bu turnirda eng ko‘p marta g‘olib bo‘lgan tennischi esa AQSh vakilasi Martina Navratilova hisoblanadi. U 1978 yildan 1990 yilgacha 10 marta turnirda tengsiz deb topilgan.

Bu turnirning mukofot jamg‘armasi 26,75 mln funtni tashkil etadi.

Top