21:38 / 29.06.2015
2219

Londonning “Arsenal” futbol jamoasi darvozabon Petr Chexni xarid qilganini e'lon qildi

Londonning “Arsenal” futbol jamoasi “Chelsi”ning chexiyalik darvozaboni Petr Chexni xarid qilganini tasdiqladi.

33 yoshli futbolchi “kanonirlar” bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi.

Jamoalar tranfser qiymatini oshkor qilishmayapti, biroq avvalroq “Arsenal” Chexga 11 mln funt sterling to‘lashi haqidagi ma'lumotlar paydo bo‘lgan edi.

Ushbu munosabat bilan “Arsenal” bosh murabbiyi Arsen Venger Chexning o‘yiniga tahsin aytishini va uning jamoaga o‘tishidan xursandligini bildirib o‘tdi.

“Petr Chex men uzoq vaqt davomida tahsin aytib kelgan o‘yinchi va u bizga qo‘shilishga qaror qilganidan juda xursandman. U ko‘plab mavsumlar davomida dunyodagi eng atoqli darvozabonlardan biri ekanligini isbotlab keldi. U beshak jamoamizga kuch qo‘shadi”, deb aytdi Venger.

Top