09:48 / 29.06.2015
1924

"Manchester Siti" Serxio Ramos uchun kurashga qo‘shildi

"Manchester Siti" "Real" himoyachisi Serxio Ramosga qiziqish bildirmoqda. Bu haqida “Sport Ekspress” Daily Mirror nashriga tayanib xabar tarqatdi.

Xabarda yozilishicha, yaqin vaqt ichida “shaharliklar” rahbariyati 29 yoshli ispan futbolchisining vakillari bilan muzokaralarni boshlaydi.

Oxirgi hafta davomida matbuotda Ramosning "Manchester Yunayted"ga o‘tishi haqida xabarlar tarqalgandi.

Manbaning yozishicha, «Real» futbolchi uchun 63 million funt sterling so‘ramoqda va "MYu"ning 50 mln yevrolik taklifini rad etgan.

Eslatib o‘tamiz, Serxio Ramosning Qirollik klubi bilan tuzgan bitimi 2017 yil yozida yakuniga yetadi. Hozircha tomonlar yangi kelishuv bo‘yicha bir to‘xtamga kelisha olmayapti.

Top