16:01 / 29.06.2015
2799

Tergovchilar Tayvan akvaparkidagi portlash sababini ma'lum qilishdi

27 iyun kuni Tayvan orolining Sunbey shahri markazidagi akvaparkda portlash sodir bo‘lishi va yong‘in chiqishiga sigaret uchquni sabab bo‘lgan. Bu haqda  The South China Morning Post nashri xabar yozgan.

Bunday xulosa hududda tekshiruv ishlarini olib borgan maxsus guruh tomonidan berilgan.

Politsiya akvapark boshliqlari va o‘sha kuni o‘tkazilgan tadbir tashkilotchilariga nisbatan jinoiy ish ochilishini talab qilmoqda.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, akvaparkda o‘tkazilgan festivali vaqtidagi yong‘in tufayli 516 kishi kuyish jarohatlari bilan shifoxonada qolmoqda.

Top