13:43 / 29.06.2015
2177

Xara Kavanini provokatsiya qilgani uchun 3 o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi va 7.5 ming dollar jarima to‘laydigan bo‘ldi

Lotin Amerikasi futbol federatsiyasi – Konmebol Chili terma jamoasi himoyachisi Gonsalo Xarani Urugvay hujumchisi Edinson Kavanini provokatsiya qilgani uchun 3ta o‘yinga diskvalifikatsiya qildi. Shuningdek, futbolchi 7.5 ming dollar miqdorida jarima to‘laydigan bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Amerika Kubogi chorak final uchrashuvining 63-daqiqasida Xara Kavaniga nisbatan nojo‘ya harakat qilgani bois urugvaylik futbolchi unga qo‘lini siltadi. Bu harakatdan so‘ng Xara simulyatsiya ishlatib, darhol yotib oldi. Voqeani ko‘rmay qolgan hakam Kavaniga qizil kartochka ko‘rsatdi.

Top