06:50 / 30.06.2015
1707

“Milan” Bertolachchining transferini e'lon qildi

Rimning “Roma” jamoasi yarimhimoyachisi Andrea Bertolachchi “Milan” jamoasiga o‘tdi.

Italiya terma jamoasining 24 yoshli yarimhimoyachisi Milan klubi bilan 2019 yilgacha shartnoma imzoladi.

Eslatib o‘tamiz, mavsum tugagandan keyin “Roma” Bertolachchi uchun huquqning ikkinchi yarmini “Jyenoa”dan 8,5 mln yevroga sotib olgan edi. Futbolchining “Milan”ga o‘tishi qiymati 20 mln yevroni tashkil qilishi ma'lum qilingandi.

Shuningdek, Bertolachchi “Milan”da yiliga 2 mln yevro maosh olishi va jamoa Chempionlar Ligasiga chiqqan holda, bonus sifatida yana 1 mln yevro oladi.

O‘tgan mavsumda Bertolachchi “Jyenoa” safida A seriyasining 34 ta uchrashuvida 7ta gol va 7ta golli uzatma amalga oshirgan.

Top