14:15 / 30.06.2015
3590

20 iyundan boshlab “O‘zbekiston havo yo‘llari”da kuzatuvchisi yo‘q bolalardan tariflarning 100 foizi olinadi

2015 yilning 20 iyunidan boshlab kuzatuvchisiz bolalarning samolyotda uchishi uchun tariflarning 100 foizi to‘lanishi kerak bo‘ladi. Bu haqda “O‘zbekiston havo yo‘llari”ning rasmiy sayti orqali xabar qilindi.
Bundan tashqari, kuzatuvchisiz bolalarni rasmiylashtirishning maxsus protseduralari uchun qo‘shimcha ravishda 20 yevro undiriladi. Chipta ixtiyoriy yoki majburiy qaytarilgan holda ushbu summa ham to‘la hajmda qaytariladi. Respublika ichidagi parvozlarda bunday to‘lov olinmaydi.

Top