11:50 / 30.06.2015
2197

AQSh elchisi O‘EOAVMAga tashrif uyushtirdi

29 iyun kuni AQShning O‘zbekistondagi elchisi Pamela Spartlen boshchiligidagi delegatsiya "Bunyodkor" telemajmuasiga tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar bergan.

Tashrif davomida elchi seminar-trening mehmoni bo‘lgan. Bu o‘quv mashg‘uloti O‘EOAVMAning axborot xizmati faoliyati sifatini oshirishga qaratilgan.

Shuningdek, AQSh delegatsiyasi telemajmuaning montaj studiyasi va texnik jihozlar bo‘limiga ham tashrif buyurib, mamlakat bo‘ylab nodavlat televideniye stansiyalari orqali taqdim etiladigan media mahsulotlar hamda Online o‘quv markazlaridagi sharoit bilan tanishdi.

Top