09:30 / 30.06.2015
2979

Chili keyingi 28 yil ichida ilk marta Amerika Kubogi finaliga chiqdi

29 iyun kuni Amerika Kubogi-2015 turnirining ilk yarim finali o‘tkazildi va birinchi finalchi nomi ma'lum bo‘ldi.

Turnirga mezbonlik qilayotgan Chili terma jamoasi Peruni 2:1 hisobida mag‘lub etgan holda finalda yarim finalning ikkinchi juftligi g‘olibini kutadigan bo‘ldi.

Shu tariqa, Chili terma jamoasi 1987 yildan beri ilk marta Amerika Kubogi-2015 turnirining finaliga chiqdi. O‘sha yili chililiklar finalda Urugvayga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lishgandi.

Joriy yilgi turnir finali 4 iyul kuni o‘tkaziladi va Chili Argentina-Paragvay juftligi g‘olibiga qarshi maydonga tushadi.

Top