00:22 / 30.06.2015
3893

FQB AQShda Mustaqillik kunida teraktlar bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirmoqda

AQShning Federal qidiruvlar byurosi va Ichki xavfsizlik vazirligi AQShda 4 iyulda nishonlanadigan Mustqillik kunida teraktlar sodir bo‘lishi mumkinligi sababli eng yuqori tayyorgarlik darajasiga keltirildi. Bu haqda Breaking News Feed xabar bermoqda.

Ogohlantirishda teraktlar qayerda sodir etilishi aytilmagan. Ogohlantirish IShID tomonidan xavf-xatarning kuchayib borayotgani bilan bog‘lanmoqda.

Qayd etilishicha, oxirgi vaqtlarda maxsus xizmatlar teraktlarning oldini olish bo‘yicha katta miqyosdagi ishlar olib bormoqdalar.

Top