15:44 / 30.06.2015
2587

Iroqning Ba'quba shahridagi terakt qurbonlari soni 17 kishini tashkil etmoqda

30 iyun kuni Iroq poytaxti Bag‘dod shahridan 60 km sharqdagi Ba'quba shahrida 3 marta portlash sodir bo‘ldi va 17 kishi halok bo‘lib, 28 kishi og‘ir jarohatlar olishdi. Bu haqda Al-Vasat gazetasida xabar berilgan.

Xabarda yozilishicha, bu terakt shaharning 3ta joyiga o‘rnatilgan portlovchi qurilmalarning harakatga keltirilishi orqali amalga oshirilgan. Har bir nuqtada 4, 6 va 7 nafardan tinch aholi vakili qurbon bo‘lgan.

Hozircha terakt uchun javobgarlikni hech kim o‘z zimmasiga olmagan, lekin bu xuruj "IShID" tomonidan amalga oshirilgan navbatdagi harakat ekani aytilmoqda.

Top