11:12 / 30.06.2015
3167

Janubiy Koreya shimoliy qo‘shnisini harbiy provokatsiya uyushtirishga tayyorlanayotganlikda gumon qilmoqda

Janubiy Koreya mudofaa vazirligining qo‘lidagi ma'lumotlarga qaraganda, Shimoliy Koreya shu yilning oktabr oyida jiddiy harbiy provokatsiya o‘tkazishga tayyorlanmoqda. Bu haqda bugun milliy mudofaa vaziri Xan Min Gu Seulda ochilgan qurolli kuchlarning 150 nafar harbiy komandiri yig‘ilishi arafasida o‘tkazilgan matbuot anjumanida gapirdi.
Uning fikriga ko‘ra, oktabr oyida Koreya mehnat partiyasining yubileyi nishonlanishi munosabati bilan Shimoliy Koreya rahbariyati strategik provokatsiyani amalga oshirmoqchi. Jumladan, Xan Min Gu Pxenyan qit'alararo ballistik raketani ishga tushirishi mumkinligini ehtimoldan uzoq taxmin emas, deya baholadi.
Harbiylar oldidagi chiqishida esa Xan Min Gu Shimol har qanday provokatsiyasidan “qattiq pushaymon” bo‘lishini ishonch bilan ta'kidladi.

Top