14:59 / 30.06.2015
1913

Jozep Bartomeu: Bartra o‘z avlodi orasida eng yaxshi markaziy himoyachi

"Barselona" jamoasi prezidenti Jozep Bartomeu yosh futbolchi Mark Bartraning iqtidorini yuqori baholashini ma'lum qildi.

"Bartra o‘z tengdoshlari orasidagi eng yaxshi markaziy himoyachi. Uning jamoada qolishi muhimdir", deydi Bartomeu.

Biroz oldinroq, 24 yoshli bu futbolchiga Angliyaning "Tottenhem" jamoasidan qiziqish bo‘layotgani xabar qilingandi.

"Barselona" esa o‘z akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo‘lgan bu himoyachi bilan shartnomani uzaytirish harakatiga tushgan.

Top