09:19 / 30.06.2015
1884

Londondagi Xitrou aeroportining birinchi terminali o‘z faoliyatini to‘xtatdi

Londonning Xitrou aeroportining birinchi terminali 29 iyun kuni 47 yillik faoliyatidan keyin yopildi.

1-terminalning yopilishi 2-terminalning kengayishiga va agar aeroportlar bo‘yicha hukumat komissiyasi tegishli qaror qabul qilsa, hukumat va ekologlar bir necha bir yillardan beri qurilishi borasida bahs olib borayotgan uchinchi uchish-qo‘nish polosasining qurilishiga imkon yaratadi.

1-terminal o‘zining faoliyati cho‘qqisida yiliga 9 mln.dan ko‘proq yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatar edi, biroq oxirgi oylar reyslar boshqa terminallarga o‘tkazilgani hisobiga bu terminaldagi reyslar soni muntazam ravishda qisqarib bordi.

Yopilayotgan terminaldan oxirgi samolyotni uchirish sharafiga 1968 yilda ushbu terminaldan birinchi reysni amalga oshirgan British Airways aviakompaniyasi muyassar bo‘ldi.

Ayni paytda Xitrou aeroportida katta miqyosdagi modernizatsiyalash dasturi amalga oshirilmoqda. Yevropaning eng yuklangan aeroportlaridan biri tobora ko‘payib borayotgan reyslar va yo‘lovchilar sonini arang eplamoqda. Modernizatsiyalash dasturi bir necha yil avval 5-terminalning qurilishidan boshlanib, keyin 2-terminalning to‘liq qayta qurilishi bilan davom ettirildi. Shuningdek, 3- va 4-terminallarning rekonstruksiya qilinishi ko‘zda tutilgan.

Top