22:39 / 30.06.2015
3067

OAV: IShID jangarilari 2014 yilda Iroqdagi mahalliy qabilalarning 2 mingdan ziyodroq vakilini o‘ldirdi

IShID terrorchilik tashkiloti 2014 yilda Iroqda mahalliy qabilalarning kamida 2 ming nafar vakilini o‘ldirdi. Bu haqda Al Arabiya telekanali xabar bermoqda.

Bu haqda ekstremistik tashkilotlar faoliyati bo‘yicha yetakchi iroqlik mutaxassislardan biri Xisham al-Hoshimiy o‘tkazgan tadqiqotda aytilmoqda.

Mutaxassisning ma'lumotlariga ko‘ra, jangarilarning jinoyatlaridan eng ko‘p shaitat va al-bunimar qabilalari vakillari aziyat chekkanlar. Shaitat qabilasining 800 nafar, al-bunimar vabilasining 580 dan ko‘proq vakili o‘ldirilgan. Al-bufraj, al-bug‘anim va al-buisa qabilalaridan kamida 300 nafardan odam o‘ldirilgan. Iroqda IShID bosib olgan hududlarda joylashgan yana o‘nta qabilaning bir necha o‘nlab va ikki yuzgacha odami jangarilar qurboniga aylangan.

Al-Hoshimiyning ta'kidlashicha, IShID tarafdorlari o‘zlarini sunniy mazhabiga amal qilishlarini aytsalarda, ular tomonidan o‘ldirilgan iroqliklarning deyarli barchasi sunniylardan tashkil topgan.

Top