13:18 / 30.06.2015
7810

O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasida otib tashlangan qozog‘istonlikning o‘limi yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda

Qozog‘iston va O‘zbekiston chegarachilari yaqinda bo‘lib o‘tgan voqea yuzasidan surishtiruv ishlari olib bormoqda. Kazinform agentligining yozishicha, 28 iyun kuni davlat chegarasida qozog‘iston fuqarosi O‘zbekiston chegarachilari tomonidan otib tashlangan. Bu voqea ikki davlat vakillari tomonidan o‘rganib chiqilmoqda.
Voqea Janubiy Qozog‘istonning Sariog‘och tumani hududidagi chegara zonasida sodir bo‘lgan. Sherigi bilan Sirdaryoga baliq oviga chiqqan Valixon Ahmedov suv chegarasini buzishda ayblangan, so‘ng unga qarata ogohlantirishsiz o‘q otilgan. Uning sherigi Jyengis Bakishev eson-omon qirg‘oqqa qaytib kelgan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, marhum Valixon Ahmedov 7 nafar farzandning otasi edi. 

Top