12:06 / 30.06.2015
8531

O‘zbekistonda ikki shahar va uch tuman IIB rahbarlari o‘zgardi

O‘zbekiston ichki ishlar vaziri ikki shahar va uch tuman IIB rahbarlarini o‘zgartirdi, deb xabar beradi “Na postu” gazetasi.
Qo‘qon shahar ichki ishlar boshqarmasi rahbari etib mayor Qudratjon O‘rinboyev, Sirdaryo viloyatidagi Shirin shahri boshqarmasi rahbari etib esa mayor Akbar Egamnazarov tayinlandi.
Bundan tashqari, Farg‘ona viloyati Beshariq tuman bo‘limiga podpolkovnik Sayidbahrom Sayidmusayev, Buxoro viloyati Qorovulbozor tuman bo‘limiga podpolkovnik Bahodirxo‘ja Sharipov, Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tuman bo‘limiga podpolkovnik Aziz Allanazarov rahbarlik qilishi belgilab berildi.

Top