13:49 / 30.06.2015
2800

O‘zbekistonlik olimlar bug‘doyning yangi navini yaratish ustida ish olib bormoqda

O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi genomika va bioinformatika markazi tadqiqotchilari bug‘doyning yangi navi ustida ish olib bormoqda. Bu haqda akademiya prezidenti Shavkat Solihov ma'lumot berdi.

Uning aytishicha, bunday navning yaratilishi makaron va non mahsulotlari ishlab chiqarishga yaroqli, tarkibida oqsil moddasi ko‘p bo‘lgan un olishda yordam beradi.
Bundan tashqari, yangi nav zang kasaliga chalinmaydi.

Top