08:44 / 30.06.2015
5418

Ronaldino o‘z faoliyatini Turkiya chempionatida davom ettirishi haqidagi xabarni tasdiqladi

Yakunlangan mavsumda Meksikaning "Keretaro" jamoasida to‘p surgan braziliyalik futbolchi Ronaldino o‘z faoliyatini Turkiya Super Ligasida davom ettiradi.

Bu haqda u o‘z instagrami orqali ma'lum qilgan.

"Barchaga salom. Men tez orada Turkiyada siz bilan bo‘laman", deydi u o‘z murojaatida.

Biroz oldinroq, ushbu 35 yoshli futbolchi Turkiyaning "Antalyaspor" jamoasi bilan kelishuvga erishgani haqida xabar tarqalgandi.

Top