09:50 / 30.06.2015
15657

Rossiya va Xitoyni bog‘lovchi yer osti yo‘li topildi

Xitoy va Rossiya chegarasida maxfiy yer osti yo‘li topildi, deb xabar beradi National Geographic jurnali.

Bu yo‘l o‘tgan asrning 30-yillarida Manchjuriya Yaponiya tomonidan bosib olingan paytda SSSR va Xitoy razvedkachilari tomonidan ishlatilgani aniqlandi.

U shimoli-sharqiy aksilyapon birlashgan armiyasi uchun qazilgan edi. G‘arblik mutaxassislar KXDRga uyushtirilgan safar chog‘ida bu yo‘lni qazishda ishtirok etgan koreyalik harbiylar bilan suhbatlar uyushtirib, uning joylashgan yerini aniqlashga muvaffaq bo‘lishdi.

Nashrda qayd qilinishicha, yer osti yo‘li Xeyluntszyan viloyati Dunnin uyezdini Rossiyaning Primore o‘lkasi bilan bog‘lagan (Vladivostokdan 153 km).

1931-1932 yillarda Yaponiya qo‘shinlari Manchjuriyani egalladi. Bunga javoban Xitoyda partizanlik harakati avj oldi. 1945 yili Manchjuriya birlashgan Xitoy va Sovet qo‘shinlari tomonidan ozod qilindi.

Top