10:17 / 30.06.2015
1902

ShHT davlatlari mudofaa vazirliklari hamkorligi rejasini imzolaydilar

Shu hafta seshanba kuni Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar mudofaa vazirlari o‘zaro hamkorlik rejasini imzolaydilar.

RIA Novosti agentligining Rossiyaning tegishli vazirligi saytida chiqqan xabarnomaga tayangan holda yozishicha, 2016-2017 yillarga mo‘ljallangan rejani imzolash marosimi bugun Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tadi.

Ma'lum bo‘lishicha, yig‘ilishda tashkilotga a'zo olti davlat vakillari ishtirok etadi. Bular Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekistondir.

Top