09:16 / 30.06.2015
2021

Sky Sports: “Manchester Yunayted” Ramos uchun 28,6 mln funt sterling taklif qilmoqda

“Manchester Yunayted” klubi “Real” bilan klubning markaziy himoyachisi Serxio Ramosning transferi bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.

Madridliklarning 29 yoshli vitse-sardori uchun mankunianliklar 28,6 mln funt sterling taklif qilishmoqda, deb xabar bermoqda Sky Sports nashri.

Manbaning ma'lumotlariga ko‘ra, Ramos “Real” rahbariyatiga “Manchester Yunayted”ga o‘tmoqchi ekanligini ma'lum qilgan.

Avvalroq ingliz klubi Ramos uchun 60 mln yevro taklif qilgani ma'lum qilingandi. Shuningdek, inglizlar futbolchiga umumiy qiymati 55 mln yevroni tashkil qiladigan 5 yillik shartnoma taklif qilishgan.

Top