23:26 / 30.06.2015
3970

Uch nafar rossiyalik harbiy Tojikistonda cho‘kib ketdi

Tojikistonda uch nafar harbiy xizmatchi Qo‘rg‘ontepa yaqinidagi Vaxsh daryosida cho‘milayotganlarida cho‘kib ketdilar, deb xabar bermoqda “Interfaks” axborot agentligi.

Halok bo‘lgan harbiylar Tojikistonda joylashtirilgan Rossiyaning 201-harbiy bazasida xizmat qilganlar.

Ma'lumot uchun, Vaxsh daryosi Tojikistonning eng to‘lib-toshib oqadigan daryosi bo‘lib, Amudaryoning tog‘li irmog‘i hisoblanadi.

Top