18:01 / 01.07.2015
13293

“Yosh qutqaruvchi” musobaqasining Respublika bosqichi g‘oliblari aniqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 19-iyuldagi 208-sonli Qarori ijrosini ta'minlash maqsadida “Yosh qutqaruvchi” ko‘ngillilar klublari o‘rtasida o‘tkazilayotgan musobaqalarning Respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi. Musobaqa Favqulodda vaziyatlar, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi va “Kamolot” YoIH tomonidan Ichki ishlar, Sog‘liqni saqlash, Madaniyat va sport ishlari vazirliklari hamda Samarqand shahri hokimligi hamkorligida tashkil etildi, deya xabar beradi vazirlik matbuot xizmati. 



Musobaqaning asosiy maqsadi favqulodda vaziyatlar chog‘ida to‘g‘ri harakt qilish, jabrlanganlarni qutqarish, ularga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishda tezkorlik va aniqlik darajasini amalda sinab ko‘rish. 

Musobaqa 26-iyun kuni Samarqand shahridagi “So‘g‘diyona” dam olish va istirohat bog‘ida o‘tkazildi. 



Mazkur musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan jami 14 ta jamoa, 112 nafar yosh qutqaruvchilar ishtirok etishdi. 

Musobaqa yakunida turli nominatsiyalar bo‘yicha nomzodlar aniqlandi. Jumladan: 

“Jamoaning eng yaxshi shiori” – Navoiy viloyati Nurota ijtimoiy iqtisodiyot kolleji jamoasi; 

“Eng yaxshi klub faoliyati yoritilgan foto albom” – Buxoro viloyati Kogon sanoat va transport kolleji jamoasi; 

“Eng yaxshi klubning formasi” – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Shumanoy pedagogika kolleji jamoasi; 

“Eng yaxshi tashkil etilgan ko‘rgazma” – Namangan yuridik kolleji jamoasi; 

“Eng yaxshi jamoaning bayrog‘i” – Toshkent shahri Toshkent pedagogika universiteti qoshidagi akademik litsey jamoasi; 

“Eng yaxshi tog‘ tayyorgarligiga ega jamoa” – Samarqand viloyati Urgut savdo va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji jamoasi; 

“Eng yaxshi qutqaruvchi qiz bola” nominatsiyasi - Navoiy viloyati Nurota ijtimoiy iqtisodiyot kolleji o‘quvchilari Fotima va Zuxra Sunnatovalar; 

“Eng yaxshi qutqaruvchi o‘g‘il bola” – Qashqadaryo viloyati Qarshi iqtisodiyot kolleji o‘quvchisi Xolboy To‘raqulov; 

“Eng xamjihat jamoa” – Andijon viloyati Jalaquduq xizmat ko‘rsatish va servis kasb-hunar kolleji hamda Surxondaryo viloyati Termiz sanoat va transport kasb hunar kolleji jamoalarsi; 

“Eng bilimdon jamoa” – Andijon viloyati Jalaquduq xizmat ko‘rsatish va servis kasb-hunar kolleji hamda Toshkent viloyati Chirchiq sanoat iqtisodiyot kolleji jamoasi; 

“Eng yaxshi tibbiy yordam ko‘rsatgan jamoa” – Samarqand viloyati Urgut savdo va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji jamoasi; 

“G‘alabaga ishtiyoqi uchun” – Navoiy viloyati Nurota ijtimoiy iqtisodiyot kolleji jamoasi. 

Musobaqaning umuiy natijalari bo‘yicha hay'at kengashi eng yaxshi jamoalarni aniqlashdi. Unga ko‘ra: 

1 o‘rin – Samarqand viloyati Urgut savdo va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji jamoasi; 

2 o‘rin – Farg‘ona viloyati Quvasoy iqtisodiyot kolleji jamoasi; 

3 o‘rin – Toshkent shahri Toshkent pedagogika universiteti qoshidagi akademik litsey jamoasi. 

E'tiborlishi shundaki yosh qutqaruvchilarimizga professional qutqaruvchilar, o‘t o‘chirish brigadalarining chiqishlari manzur bo‘lib, ularning professionallik mahoratlari katta ta'surot qoldirdi. 

Shunday qilib musobaqa tashkilotchilari tomonidan g‘oliblarga va barcha ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari va diplomlarni tantanali ravishda topshirishdi.

Top