17:55 / 01.07.2015
5654

Edvard Snouden haqidagi filmning rasmiy treyleri chiqdi

Internetda AQShlik rejissyor Oliver Stoun suratga olgan “Snouden” filmining rasmiy treyleri paydo bo‘ldi. Film AQSh maxsus xizmatlarining sobiq xodimi Edvard Snouden haqida bo‘lib, filmda uning rolini aktyor Jozef Gordon-Levitt ijro etgan.

Filmda, shuningdek, Sheylin Vudli, Melissa Leo, Zakari Kuinto, Tom Uilkinson, Ris Ivans va Nikolas Keyj ham rol ijro etgan.

Oliver Stoun filmning ssenariysini tasdiqdan o‘tkazish uchun Edvard Snouden bilan uchrashish uchun shaxsan o‘zi Moskvaga kelgan edi. Uchrashuv paytida rejissyor Snouden bilan uning rolini ijro etuvchi aktyor nomzodini kelishib olgan.

Filmning 1,5 daqiqalik treylerida Snouden “dunyodagi eng qidirlayotgan odam” deb ta'riflangan. Film katta ekranlarga Rojdestvo bayramiga chiqarilishi rejalashtirilgan.

Top