09:27 / 01.07.2015
2362

Gretsiya Xalqaro valyuta jamg‘armasining moliyaviy ko‘mak dasturidan mahrum bo‘ldi

Gretsiya Xalqaro valyuta jamg‘armasining moliyaviy ko‘mak dasturidan mahrum bo‘ldi. Dasturning amal qilish muddati tugadi.

Gretsiya Xalqaro valyuta jamg‘armasi krediti bo‘yicha to‘lovni amalga oshira olmagan birinchi rivojlangan davlat bo‘ldi. Ikkinchi moliyaviy yordam paketi doirasidagi foydalanilmay qolgan mablag‘lar (7.2 mlrd yevro) endi Gretsiyaga berilmaydi.

Shuningdek, banklarni rekapitalizatsiya qilish xarajatlarini qoplashga qaratilgan 10.9 mlrd yevrolik dasturning amal qilish muddati ham tugadi.

Top