13:42 / 01.07.2015
8601

Klichko boshlovchining savolidan so‘ng uch daqiqa o‘ylanib turdi

Mashhur ukrainalik bokschi, Kiyev shahri hokim Vitaliy Klichko boshlovchining Venada imzolangan hujjatlari haqidagi savoliga javob berish oldidan 3 daqiqa o‘ylanib turdi.
Avstriya poytaxtida prezidentlik saylovlaridan ilgari o‘tkazilgan muzokaralarda, Klichkodan tashqari, amaldagi prezident Pyotr Poroshenko hamda oligarxlar Dmitriy Firtash va Sergey Levochkin ishtirok etishgan. Ushbu uchrashuvdan so‘ng Klichko prezidentlik saylovlarida ishtirok etishdan Poroshenko foydasiga voz kechgan edi.
Xullas, uch daqiqa o‘ylanib turgach, bokschi va hokim biror-bir hujjatni imzolagan-imzolamaganligini eslay olmasligini aytdi. Interga joylashtirilgan rolik allaqachon 200 ming marta tomosha qilindi.

Top