13:07 / 01.07.2015
3426

LG Chem olti burchakli akkumulyator yaratdi

Janubiy Koreyaning LG Chem kompaniyasi dunyodagi birinchi olti burchakli akkumulyatorni taqdim qildi. Mualliflarning fikricha, yangi texnologiya “aqlli” soatlar ishining samaradorligini oshirishda qo‘l keladi.
Yonhap nashrining xabar berishicha, olti burchakli batareya oddiy muqobillardan 25 foizga samaradorroqdir. U avtoelektronikaning ish vaqtini 4 soatga uzaytirib bera oladi.
Nashrda yozilishicha, oxirgi oylar davomida kompaniya smart-soatlar ishlab chiqaruvchi xalqaro korxonalar bilan faol hamkorlik olib borgan. Ular yangilikdan avvaldan boxabar bo‘lib, o‘z gadjyetlarini shularga moslashtirgan. Olti burchakli akkumulyatorlarga ega dastlabki elektron uskunalar shu yilning o‘zida chiqariladi.
Kompaniya vakillarining fikricha, yaqin bir necha yil ichida ular yaratgan mahsulotga bo‘lgan talab keskin oshib ketadi.
Gartner tahlilchilarining fikricha, ikki yildan so‘ng “aqlli” soatlar tegishli bozorning 40 foizini egallaydi. 2020 yilga kelib esa smart-soatlar yiliga 100 mln dona ishlab chiqarila boshlaydi.

Top