18:11 / 01.07.2015
2383

Londondagi Gatvik aeroportida yangi terminal qurish taklif etildi

Architects' Journal nashri Angliyada kattaligi bo‘yicha Xitrou aeroportidan keyingi o‘rinda turuvchi, London yaqinidagi Gatvik aeroportida quriladigan terminal suratlarini chop etdi.
Bu terminal loyihasi arxitektor Terri Farrel tomonidan tayyorlangan. Uning taklifiga ko‘ra, aeroport ikkinchi uchish-qo‘nish yo‘lagiga ega bo‘ladi. Terminalda avtomatik darvozalar o‘rnatiladi. Shuningdek, yo‘lovchilar yuklarini mustaqil ravishda topshiradigan va qabul qiladigan qismdan foydalanishadi.

Bu loyihaga ko‘ra, yo‘lovchilar samolyotgacha yetib borishi uchun sarflanadigan 30 daqiqani 7 daqiqagacha kamaytirish mumkin bo‘ladi hamda kutishlar vaqti kamayib, aviakompaniya xarajatlari ham qisqaradi.

Shu yilning yozida shu va Xitrou aeroportida yangi terminal qurish bo‘yicha yana bir boshqa loyihaning tasdiqlanishi kutilmoqda.

Top