19:01 / 01.07.2015
2541

Mark Tsukerberg Facebook foydalanuvchilari savollariga javob berdi

Facebook asoschisi Mark Tsukerberg ijtimoiy tarmoqdagi o‘zining sahifasida nafbatdagi onlayn-anjumanni o‘tkazdi. Tsukerbergga istalgan foydalanuvchi savol berishi mumkin bo‘ldi. Savol berganlar orasida taniqli fizik olim Stiven Xoking va aktyor Arnold Shvartsenegger ham bo‘ldi.

Ko‘pchilik foydalanuvchilar internet, OAV va ijtimoiy tarmoqning o‘zining kelajagi haqidagi savollarni berishdi. Tsukerberg Facebook dagi yangi imkoniyatlrar haqida gapirganda yaqin orada foto va videomateriallardagi obektlar va odamlarni aniqlay olish texnologiyasining paydo bo‘lishini ta'kidlab o‘tdi.

Stiven Xokingning bugungi kundagi dolzarb ilmiy savollariga Tsukerberg uni abadiy hayot, kasalliklarni davolash va insonni o‘qitish masalalari qiziqtirishini aytdi.

Arnold Shvartsenegger Tsukerbergning sport qiziqishlari bilan qiziqdi. Ijtimoiy tarmoq asoschisi bir haftada 3 kun sportzalda mashg‘ulotlar o‘tkazishga ajratishini ma'lum qildi.

Top