17:32 / 01.07.2015
3645

Narishkinning Finlyandiyaga kirishiga qo‘yilgan taqiq Kremlning noroziligiga sabab bo‘ldi

Rossiya Davlat Dumasi spikeri Sergey Narishkinning Finlyandiyaga kirishiga o‘rnatilgan taqiq Kreml rasmiylari tomonidan “g‘azablantiradigan va kurakda turmaydigan” qadam sifatida baholandi. Bu haqda jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov aytib o‘tdi.

TASS agentligining ma'lum qilishicha, Peskov spiker Finlyandiyaga ikki tomonlama munosabatlarni muhokama qilish uchun emas, balki xalqaro tadbir – YeXHT parlament assambleyasi sessiyasining o‘tkazilishi borasida muzokaralar olib borish uchun yo‘l olganini eslatib o‘tdi.

Top