14:02 / 01.07.2015
5538

Nazarboyev Rohat Aliyev ishini yana bir bor esga oldi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev KTK telekanaliga intervyu berdi. Intervyuning to‘liq matni bugun telekanal orqali namoyish etiladi.
Unda davlat rahbari ko‘plab nozik masalalar bo‘yicha o‘z pozitsiyasini ochiqchasiga aytib o‘tdi. Jumladan, Qozog‘istonni dunyoning 30 eng rivojlangan davlati qatoriga kiritish loyihasi haqida fikr bildiriladi.

Bundan tashqari, intervyu chog‘ida Nazarboyev kuyovi Rohat Aliyev ishini ham eslab o‘tdi.
“Odamlar uch nabiramning otasini qamaganimni nega unutdi? – deydi Qozog‘iston yetakchisi. – Ular va qizim ko‘zida yosh bilan oldimga kelmaganmidi? Kelgandi. Mening o‘zim tashvishlanmaganmidim? Albatta, tashvishlangandim. Ammo, shunga qaramay, men to‘xtamadim. Qarindoshlar bu ishni yopib yuborishim mumkinligini ko‘p takrorlashdi. Men barcha qarindoshlarim, bolalarim, do‘stlarimni ogohlantiraman, daxlsizlar bo‘lmaydi!”.

Top