19:20 / 01.07.2015
7908

Nukusda 20 yil avvalgi issiq harorat rekordi yangilandi

Qoraqalpog‘iston poytaxti Nukusda 30 iyun kuni termometr ko‘rsatkichi +42,6° haroratni qayd etdi.

Meteorologlarning ma'lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich yilning ushbu sanasi uchun 1996 yilda qayd etilgan mutlaq rekord ko‘rsatkichni yangiladi.

O‘sha yilning shu sanasida havo harorati kunduzi 42,3 gradus issiqni tashkil qilgan edi.

Toshkentda 30 iyunda termometr ko‘rsatkichi +39,6 gradusni ko‘rsatdi. 1902 yilning 30 iyunida bu boradagi eng maksimal harorat 41,0 gradus issiqni tashkil qilgan edi.

Top