11:33 / 01.07.2015
3079

O‘zbekiston raqobat qo‘mitasi rahbari Janubiy Koreya elchisi bilan uchrashdi

O‘zbekiston raqobat qo‘mitasi raisi Davron Hidoyatov Janubiy Koreya elchisi Li Uk Xyon bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv chog‘ida davlat aktivlarini xususiylashtirish va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish masalalari ko‘rib chiqildi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, uchrashuv chog‘ida tomonlar qo‘mitaning Koreya fond birjasi bilan hamkorligining o‘sib borayotganini va bu yaxshi natijalarga olib kelayotganligini ta'kidlab o‘tdi. Shuningdek, Koreya iste'molchilar huquqlarini himoya qilish agentligining qo‘mita bilan samarali aloqalariga urg‘u berildi.

Top