Join KUN.UZ Telegram kanaliga qo‘shiling va eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling! A'zo bo'lish
x
O'zbekiston so'mi 21ga kirdi
11:55 / 01.07.2015
6850

Bugun, 1 iyul kuni, O'zbekiston milliy valyutasi – so'mning muomalaga kiritilganiga 21 yil bo'ldi.
1994 yilning 16 iyun kuni O'zbekiston prezidentining “O'zbekiston Respublikasi milliy valyutasini muomalaga kiritish to'g'risida”gi farmoniga muvofiq o'sha yilning 1 iyulidan so'm joriy qilindi. O'shanda 1, 3, 5, 10, 25, 50 va so'mlik qog'oz banknotalar hamda 1, 3, 5, 10, 20 va 50 tiyinlik tangalar muomalaga kiritilgan edi.
1997 yilning 1 martidan 200 so'mlik banknota hamda 1, 5 va 10 so'mlik tangalar muomalaga kiritildi.
2000 yilning 1 iyunidan 500 so'mlik, 2001 yilning 1 sentabridan esa 1 000 so'mlik banknotalar joriy qilindi.
2005 yilning 1 iyulida valyutaning 10 yilligi munosabati bilan 100 so'mlik tanga iste`molga kiritildi. 2011 yilning 1 sentabrida esa 20 yillik munosabati bilan 500 so'mlik tanga zarb qilindi.
Nihoyat, 2013 yilning 1 iyulidan hozircha eng yirik kupyura – 5 000 so'mlik banknota muomalaga kiritildi.
Qog'oz pullar va banknotalarni zarb qilish huquqi O'zbekiston markaziy bankiga tegishlidir.

  • Teglar:
Top