07:18 / 01.07.2015
3769

Parijda 40 yil ichida birinchi marta osmono‘par bino qurishga qaror qilindi

Parij shahri kengashi ikkinchi urinishda Triangle (“Uchburchak”) minorasini qurish bo‘yicha loyihani qabul qildi. Bu minora oxirgi 40 yil ichida Parijda quriladigan birinchi osmono‘par bino bo‘ladi.

Qabul qilingan loyiha 2014 yil noyabrda shahar kengashiga taklif qilingan va parlamentariylar tasdig‘idan o‘tmagan loyihadan biroz farq qiladi. Misol uchun, bino maydoni 10 ming kv metrga, ya'ni 80 ming kv metrdan 70 ming kv metrgacha kamaytirildi. Biroq ushbu minoraning qurilishiga qarshi chiqayotganlarning e'tirozlari hali ham dolzarbligicha qolmoqda, ya'ni qurilish energiya iste'moli borasida kam sarfli va ekologik jihatdan ham maqbul darajada bo‘lmaydi.

Parijdagi ko‘pchilik baland binolar La Défense kvartalida joylashgan. Uchburchak ko‘rinishidagi ushbu bino Parijning boshqa tumani – Porte de Versailles hududida quriladi. Minorada to‘rt yulduzli mehmonxona, madaniy faoliyat uchun hududlar ochish rejalashtirilmoqda.

Top