13:19 / 01.07.2015
7324

Qozog‘istonlik ayol yangi tug‘ilgan chaqalog‘ini yoqib yubordi

Qozog‘istonning Oqmo‘la viloyatida ayol yangi tug‘ilgan chaqalog‘ini yoqib yubordi. Bu haqda Cho‘rtanli tuman prokuraturasiga tayangan holda Novosti-Kazaxstan agentligi xabar bermoqda.

Prokuratura bergan ma'lumotga ko‘ra, voqea tumanning Bektov qishlog‘ida sodir bo‘lgan.
“1982 yili tug‘ilgan ayol eridan homilador ekanligini yashirib, bolani yashirin tarzda dunyoga keltirgan. So‘ng u chaqaloqni paketga solib, ko‘rpaga o‘ragan, so‘ng yoqib yuborgan”, – dedi prokuratura vakili agentlik muxbiri bilan suhbat chog‘ida.
Uning so‘zlariga qaraganda, bolaning jasadi morgga yuborilgan, sud-tibbiyot ekspertizasi tayin qilingan. Ayolga nisbatan esa jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Top