12:15 / 01.07.2015
2403

Ramosning onasi o‘z o‘g‘li "MYu"ga o‘tmasligiga ishonch bildirdi

Serxio Ramosning onasi Paki Garsiya o‘z o‘g‘lining yozgi transferlar vaqtida "Real"dan "MYu"ga o‘tishi borasidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

"Real" o‘g‘lim uchun birinchi o‘rinda turadi. Men u Madridni tashlab, Angliyaga boradi, deb o‘ylamayman. Chunki, o‘g‘lim hamish shu shaharda yashashni istaydi", deb intervyu beradi Garsiya xonim Antena 3 kanaliga.

Ma'lumot uchun, oxirgi haftalar davomida "MYu" bu futbolchini qo‘lga kiritish uchun kurash olib bormoqda. Inglizlar "Real"ga uning transferi bo‘yicha 60 mln yevrolik taklif jo‘natishgan. Peres esa bunga javoban Ramos 90 mln yevro evaziga qo‘yib yuborilishi mumkinligini aytgan.

Top