17:37 / 01.07.2015
2916

Samsung kompaniyasi Rossiya hududida smartfonlar savdosi bo‘yicha yetakchiga aylandi

2015 yilning ikkinchi choragi natijalariga ko‘ra, Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi Rossiya hududida smartfonlar savdosi bo‘yicha yetakchiga aylandi. Bu haqda MTS matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Janubiy koreyalik ishlab chiqaruvchilar 2015 yilda sotgan qurilmalar soni 970 mingni tashkil qilgan. Ko‘rilgan foyda miqdori — 13,85 mlrd rubl. Bu vaqt mobaynida Apple sotgan smartfonlar soni 280 ming donani tashkil qilgan. Bu AQSh kompaniyasiga 10,14 mlrd rubl miqdorida foyda keltirgan.

Samsung qurilmalarining sotuvdagi o‘sish surati 2%ni, foydasi esa — 35%ni tashkil qilgan. Bu orqali ishlab chiqaruvchilar Rossiya bozoridagi ulushini 17,1% dan 19,3% gacha ko‘tarib olgan. Apple, Sony, LG, HTC korxonalari smartfonlarining sotuvchi 2015 yilning ikkinchi choragida deyarli ikki baravarga pasaygan.

Top