23:19 / 01.07.2015
9224

Saudiya Arabistoni shahzodasi xayriya ishlari uchun butun mol-mulkini sarflaydigan bo‘ldi

Saudiya Arabistoni shahzodasi Al-Volid ibn Talol ibn Abdulaziz al-Saud xayriya maqsadlari uchun o‘zining butun davlati, ya'ni 32 mlrd dollar xayr-ehson qiladigan bo‘ldi, deb yozmoqda The Financial Times nashri.

Bu mablag‘lardan katta qismi falokatlar oqibatlari va ayollar huquqlari uchun kurashuvchi xayriya tashkilotlariga beriladi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. Shahzodaning farzandlari o‘z otalarining qarorini qo‘llab-quvvatladilar.

Shahzoda aktivlari yaqin yillar davomida xayriya tashkilotlariga topshiriladi. Bu jarayon bilan Alwaleed Foundation tashkiloti shug‘ullanadi.

Top