20:44 / 01.07.2015
2477

Tunisdagi teraktning barcha qurbonlari shaxslari aniqlandi

Tunis hukumati Susidagi teraktning barcha 38 nafar qurbonining shaxsini aniqladi. Bu haqda Tunis Sog‘liqni saqlash vazirligiga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.

Jasadlar shaxsini aniqlash natijalariga ko‘ra, qurbonlardan 30 nafari Buyuk Britaniya fuqarolari bo‘lgan.

Ma'lumot uchun, 26 iyunda Tunisning Susi shahrida sohilbo‘yida joylashgan ikkita besh yulduzli mehmonxonada dam olayotgan sayyohlarga qurolli hujum uyushtirilgan. Ikki nafar terrorchi plyajda dam olayotgan sayyohlarga qarata o‘q uzgan, oqibatida 38 nafar sayyoh halok bo‘lgan. Bosqinchilardan biri qochib ketmoqchi bo‘lganda otib o‘ldirilgan, yana biri huquq-tartibot muassasalari tomonidan qo‘lga olingan.

Top