14:53 / 02.07.2015
8551

AQShda ishlab chiqarilgan “Kalashnikov” avtomatlari savdoda paydo bo‘ldi

AQShda tayyorlangan “Kalashnikov” avtomatlari savdoga chiqarildi, deb xabar bermoqda Kalashnikov USA kompaniyasi.

AK-47 avtomati ishlab chiqaruvchilar tomonidan takomillashtirildi. Avtomatni ishlab chiqarishda eng yangi texnologiyalardan foydalanildi: stvol va o‘qdon zanglashga qarshi maxsus vositalar bilan ishlangan va stvolda shovqinni pasaytiruvchi qurilma (glushitel) uchun o‘yiq ishlangan.

Kalashnikov USA kompaniyasi “Kalashnikov” kompaniyasining AQShdagi rasmiy importyori va distribyutori hisoblanadi.

AQShda Kalashnikov avtomati ishlab chiqarilishi haqida yarim yil avval e'lon qilingandi va ayni paytga kelib uning ilk nusxalari sotuvga chiqarilmoqda.

AK avtomati bejizga afsonaviy qurol deb atalmaydi: avtomat yaratilgan vaqtdan to hozirgi kungacha o‘tgan 65 yil ichida ushbu avtomatdan 100 mln.dan ko‘proq nusxasi sotilgan. Bu avtomat bilan deyarli 50ta davlat armiyasi qurollangan. Avtomat shuningdek, Osiyo, Afrikaning ko‘plab davlatlarida, Sharqiy Yevropa va Yaqin Sharqda ham ishlab chiqariladi.

Avtomat 1947 yilda o‘qotar qurol muhandisi, rossiyalik Mixail Kalashnikov tomonidan yaratilgan. U dunyoda eng keng tarqalgan o‘qotar qurol hisoblanadi.

Top