10:12 / 02.07.2015
3178

AQShda Riannaning qo‘shiqlari yozilgan 100 mln dona disk sotilgan

Gremmi mukofoti laureati bo‘lmish qo‘shiqchi Rianna o‘z qo‘shiqlari yozilgan disklarning eng xaridorligi bo‘yicha yetakchilik qilmoqda. Amerika ovoz yozish sanoati uyushmasi ma'lumotlariga ko‘ra, xonandaning 100 mln dona diski sotilgan.

27 yoshli xonanda bu borada katta ustunlik bilan oldinga o‘zib ketgan. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarda Teylor Svift hamda Keti Peri joylashgan.

Qayd etilishicha, Rianna keyingi 10 yil ichida 37 singl chiqargan.

"Bu ko‘rsatkichlar tarixiy yutuq hisoblanadi va Riannaning favqulodda iste'dodidan darak beradi", deydi uyushma bosh direktori Keri Sherman.

Top