11:23 / 02.07.2015
3254

Danni Blind Gollandiya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi

Danni Blind Gollandiya terma jamoasiga yangi bosh murabbiy etib tayinlandi. Niderlandiya Qirollik futbol uyushmasi Blind bilan 3 yillik shartnoma imzolanganini rasman tasdiqladi.

53 yoshli mutaxassis Danni bungacha 30 iyun kuni iste'fo bergan Gus Xiddinkning yordamchisi sifatida ishlab kelayotgan edi. U 2005-2006 yillarda "Ayaks" jamoasida bosh murabbiy sifatida ishlagan, 2008-2015 yillar davomida esa shu jamoada sport ishlari direktori sifatida faoliyat ko‘rsatgandi.

Aslida Blind Xiddinkning o‘rnini Yevro-2016dan so‘ng egallashi kutilayotgandi. Lekin saralash bahslaridagi qoniqarsiz natijalar sabab Xiddink muddatidan oldinroq iste'foga chiqarildi.

Gus boshchiligida gollandlar o‘tkazilgan 10ta uchrashuvdan atigi 4tasida g‘alaba qozonishdi. Gollandiya terma jamoasi Blind boshchiligidagi ilk uchrashuvni 3 sentabr kuni guruh peshqadami Islandiyaga qarshi o‘tkazadi.

Top