15:53 / 02.07.2015
3180

Yevropa Ittifoqi kompaniyalarida malaka oshirish dasturiga arizalar qabul qilinmoqda

Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan «Boshqaruv kardrlarni tayyorlash dasturi (MTP) – O‘zbekistonda kichik biznes korxonalari rahbarlarining salohiyatini oshirish” loyihasi (quyida "loyiha" deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda Yevropa Ittifoqi korxonalarida O‘zbekistondagi kichik biznes korxonalari menejyerlari malakasini oshirish uchun arizalar qabul qilishini e'lon qiladi.

Malaka oshirish Yevropa Ittifoqining 28 mamlakatidagi korxonalarda amalga oshirilib, ular o‘zaro kelishuv asosida ishtirokchilar yoki loyiha tomonidan tanlanishi mumkin.

Loyihaning asosiy maqsadi O‘zbekistonda kichik biznesni samarali boshqarish va uning uzoq kelajakdagi barqaror rivojlanishini ta'minlashga qodir malakali va salohiyatli tadbirkor hamda menejyerlar sonini ko‘paytirishdan iborat. Bu bosqichda qo‘yilgan maqsadga erishish uchun Yevropa korxonalarida O‘zbekistondagi kichik biznes rahbarlarining malakasini oshirish orqali loyiha ularni amalga oshiradi.

Boshqaruv kadrlarni tayyorlash dasturi loyihasining maqsadi o‘zbekistonlik menejyerlarning boshqaruv ko‘nikmalarni oshirish, ularni biznesni boshqarish va yuritishning yevropacha usullariga o‘qitish, Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston kompaniyalari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatishdan iborat. Barcha nomzodlar malaka oshirish safarida ishtirok etishdan ko‘zlangan maqsadni aniq ko‘rsatishi hamda bu uning va korxonasining rivojiga qanday ijbiy ta'sir ko‘rsatishini qayd etishi lozim.

Loyiha trening va malaka oshirishlarda ishtirok etish tanlangan ishtirokchilar uchun bepul amalga oshiriladi. Transport bilan bog‘liq barcha xarajatlar (aviachipta uchun 400 yevro miqdoridagi shaxsiy to‘lovdan tashqari), shuningdek, Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida joylashtirish, vizalar, sug‘urta loyiha mablag‘lari evaziga qoplanadi.

Barcha talablarga javob beradigan kichik biznes korxonalari va ularning rahbarlari/menejyerlarigina malaka oshirish uchun ariza topshirish huquqiga ega.

Kichik biznes korxonalari va ularning rahbarlari/menejyerlari uchun talablar (va kerakli hujjatlar) hamda loyiha yangiliklari batafsil loyihaning veb-sahifasida www.mtpeu.uz va Facebook sahifasida ko‘rsatilgan.

Nomzodlarning arizalari 2015 yilning 22 iyulga qadar qabul qilinadi. Arizaning onlayn shakli loyihaning veb-sahifasida joylashtirilgan.

Maxsus izoh: Tanlov jarayoni gender tengligi masalasini hisobga olgan holda kamida 20 foiz ayol-nomzodlarni tanlab olishni ko‘zda tutadi.

Qo‘shimcha ma'lumotlar uchun:
Janob Grigorios Kontzoglu, BKTD (MTP) loyihasining boshlig‘i

Manzil: Amir Temur ko‘chasi, 4,
Toshkent sh., 100047
Tel.: (99871)2335901
Faks: (99871)2336406
E-mail: mtp@.mtpeu.uz
Veb-sahifa: www.mtpeu.uz

Top