16:59 / 02.07.2015
4059

Facebook 10 yil ichida ilk marta logotipini o‘zgartirdi

Facebook ijtimoiy tarmog‘i 2005 yildan buyon birinchi marta o‘zining logotipini o‘zgartirdi. Bu haqda Meduza nashri ma'lum qilgan.

Kompaniya bu o‘zgarishni o‘zining do‘stona munosabati va ochiqligini ko‘rsatish sifatida izohlagan.

Yangi logotip dizayner Erik Olson tomonidan ishlangan. Ijtimoiy tarmoqning hozirgi logotipini yozish uchun Olson tomonidan ishlab chiqilgan Klavika shriftidan foydalanilgan.

Facebook faqatgina nomi to‘liq yozilgan uzun logotipni o‘zgartirdi. Bosh sahifaning yuqori chap burchagidagi «f» harfi o‘zgarishsiz qolgan. 

 


Top