00:35 / 02.07.2015
2901

Internet foydalanuvchilar Gretsiya qarzini uzish uchun 1 mln yevrodan ko‘p mablag‘ to‘plashdi

Internetda Gretsiya qarzini to‘lash uchun mablag‘ yig‘ish bo‘yicha kraudfanding kampaniyasi tobora ommaviylashmoqda. IndieGoGo portali sayti shu munosabat bilan yuklamalarni ko‘tara olmay, vaqti-vaqti bilan ishdan chiqmoqda.

Greece Bailout Fund aksiyasi davomida Moskva vaqti bilan 19:46 ga kelib 1 002 374 yevro yig‘ildi. Bu summa uch kun mobaynida 58 911 kishining xayr-ehsoni evaziga yig‘ildi.

Gretsiya uchun pul yig‘ish loyihasini angliyalik Tom Fini boshladi. Fini xayr-ehson qilganlarga bonuslar va'da qilmoqda. Ushbu maqsadda ochilgan maxsus hisob raqamiga 3 yevro o‘tkazgan foydalanuvchi Gretsiya bosh vaziri Aleksis Tsiprasning fotosurati tushirilgan otkritkani olishi mumkin. Fini 6 yevro o‘tkazganlarga grek salati, 10 yevro uchun bir shisha uzo ichimligi, 25 yevro uchun esa bir shisha grek vinosi berishni va'da qilmoqda.

5 ming yevro o‘tkazgan foydalanuvchilar Afinaga yo‘llanma olishlari mumkin.

Avvalroq bu kampaniyaning maqsadi 7 iyulgacha qarzni qoplash uchun zarur bo‘lgan 1,6 mlrd yevroni yig‘ishdan iboratligi ma'lum qilingandi.

Top