10:38 / 02.07.2015
4330

Italiya sudi 366 muhojirning o‘limida aybdor shaxsni 18 yillik jazoga hukm qildi

Tunis fuqarosi Palermo sudi tomonidan 18 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilindi. Reuters agentligining aytishicha, u 2013 yili 366 muhojirning o‘limiga sababchi bo‘lganlikda ayblandi.
Italiyada bunday jinoyat uchun 20 yillik jazo ko‘zda tutilgan, ammo 36 yoshli Holid bin Salim aybini tan olgani bois jazo biroz yengillashtirildi.
Aytilishicha, 366 muhojir bin Salimning aybi bilan dengizga g‘arq bo‘lgan.
Ayni kunlarda Sitsiliya ko‘rfazida qutqarib qolingan muhojirlar soni 60 ming kishiga yetdi. Respublikada ularni qabul qilish bilan bog‘liq ravishda favqulodda vaziyat e'lon qilingan.

Top