14:21 / 02.07.2015
2322

Meyuezer Pakyao bilan jangi uchun 220 mln dollar ishlab topdi

Amerikalik bokschi Floyd Meyuezer filippinlik raqibi Menni Pakyao bilan o‘tkazgan jangi uchun kamida 220-230 mln dollar ishlab topdi. Bu haqda ESPN telekanali orqali xabar qilindi.
Jangdan tushgan pullar qo‘li baland kelgan amerikalik sportchi foydasiga 60ga 40 foiz ulushida taqsimlangan edi. Pakyao umumiy hisobda 150 mln dollar ishlab topdi, ammo bu pulning bir qismini promouter Bob Arum oladi. Bundan tashqari, daromadning bir qismi “Golden boy promoushnz” promouterlik kompaniyasi beriladi. O‘z kompaniyasiga ega bo‘lgan Meyuezer bunday xarajatlardan qutulib qoldi.
Ikki bokschi o‘rtasidagi jang pulli teletranslyatsiyalar rekordini ham yangiladi. Yuqori sifatli translyatsiyaning narxi 100 dollar bo‘lgan holda (oddiy translyatsiya – 90 dollar) uni 4.4 mln kishi tomosha qildi. Tashkilotchilar translyatsiyadan 400 mln, chiptalardan 72 mln dollar ishlab topdi.
Telekompaniyalarga translyatsiya huquqining sotilishini ham hisobga qo‘shsak, umumiy daromad 600 mln dollarni tashkil qilgan.
Shu tariqa, Meyuezerning pay-per-view tizimi (to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda namoyish etiladigan konkret voqeani ko‘rish huquqini sotib olish) asosida ko‘rsatilgan 14 jangi 1.3 mlrd dollar pul to‘pladi.

Top